Amaliyot·03-bob
Birinchi API chaqiruvi
Bir necha qator Python bilan modelga so'rov yuborish va javobni olish.
Nazariya yetarli — kod yozamiz. Bu bobda birinchi ishlaydigan chaqiruvni qilamiz.
Muhitni tayyorlash#
python3 -m venv venv
source venv/bin/activate
pip install anthropicAPI kalitini hech qachon kodga yozmang. Muhit o'zgaruvchisidan o'qing:
export ANTHROPIC_API_KEY="sk-ant-..."Eng oddiy chaqiruv#
from anthropic import Anthropic
client = Anthropic() # kalitni muhitdan o'zi oladi
response = client.messages.create(
model="claude-sonnet-5",
max_tokens=1024,
messages=[
{"role": "user", "content": "Rekursiyani bir jumlada tushuntir."}
],
)
print(response.content[0].text)Javobda nima keladi#
print(response.usage)
# Usage(input_tokens=18, output_tokens=42)usage — eng muhim maydon. Har chaqiruvda uni loglang, aks holda oyoq oxirida
hisobingizni ko'rib hayron bo'lasiz.
Xatolarni boshqarish#
Birinchi kundan boshlab uchta xatoga tayyor bo'ling:
import anthropic
try:
response = client.messages.create(...)
except anthropic.RateLimitError:
... # kutib qayta urinish
except anthropic.APIStatusError as e:
... # 500 — server tomonda, qayta urinish mumkin
except anthropic.APIConnectionError:
... # tarmoq — qayta urinishKeyingi bobda bularni to'g'ri qayta urinish (retry) mantig'i bilan o'raymiz.